SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161819202122
23242526272829
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Qori - Niyoziy tavallud topgan kun
1897-09-02

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Qori - Niyoziy
Qori-Niyoziy  Toshmuhammad Niyozovich (1897.2.9 - 1970.18.3) - matematik  olim , pedagogik , jamoat arbobi. O’zbekiston FA akademigi (1943), O’zbekiston FA birinchi prezidenti (1943-47), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1939). Fizika -matematika fanlari doktori (1939), professor (1931). 1926 yildan Toshkentda O’rta Osiyo universitetini tugatgan (1929), shu universitet rektori (1932-33), O’zbekiston Maorif xalq komissari va ayni vaqtda O’zbekiston XKS huzuridagi Fan  komiteti  prezidiumi  raisi (1937- 38), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jalikni mexanizatsiyalash muhandislari instituti  matematika kafedrasi mudiri (1939 yildan). O’zbekiston XKS raisi o’rinbosari (1939-43), ayni vaqtda O’zbekiston FA filiali  Prezidiumi raisi (1940-43). O’zbekiston FA Prezidiumi a'zosi (1947-62) va fizika-matematika fanlari bo’limi raisi (1954-60), “Fan va turmush” jurnali bosh muharriri (1939-70). O’zbekiston xalqlarining madaniy hayoti tarixiga oid  ilmiy ishlar muallifi. Elementar va oliy matematika bo’yicha o’zbek tilidagi birinchi darsliklarni tuzgan. “Hayot maktabi” esdaliklar kitobida respublikada  fan, maorif va madaniyat taraqqiyoti tarixi o’z aksini topgan. Davlat mukofoti (1952)  va Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti (1970) laureati. “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2002). Chig’atoy qabristoniga dafn qilingan. O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkentdagi ko’chalardan  biri uning nomi bilan atalgan.
Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan