SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
O’zbekiston xalq shoiri Shukrullo tavallud topgan kun
1921-09-02

O’zbekiston xalq shoiri Shukrullo
Shukrullo (ismi va taxallusi; familiyasi Yusupov) (1921.2.9) - O’zbekiston xalq shoiri (1981). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1977). Toshkentda tug’ilgan. Pedagogika bilim yurti (1935-38) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan (1944-). O’zbekiston davlat nashriyotida muharrir (1945-51); 1955-65), 1951 yilda millatchilik va sovetlarga qarshi targ’ibotda ayblanib, 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 1955 yilda ozod etilgan.
“Birinchi daftar” (1949), “Qalb qo’shiqlari” (1949), “hayot ilhomlari” (1959), “Umrim boricha” (1960), “Inson va yaxshilik” (1961), “Inson-inson uchun” (1964), “Zarralar” (1973), “Suyanchiq” (1977), “Yashagim keladi” (1978), “Sening baxting” (1988), “To’kilgan dardlarim” (2001) singari she'riy to’plamlari e'lon qilingan. Bolalarga bag’ishlangan she'r va ertaklari  “Bahor sovg’asi” (1962), “Yulduzlar “ (1964) she'riy to’plamlaridan o’rin olgan. “Xatarli yo’l” (1962), “Tabassum o’g’rilari” (1964), “To’ydan keyin tomosha” (1980), “O’g’rini qaroqchi urdi (1982), “Janjal” (1983), “Unsiz faryod” (1988), “Hasrat bog’i” (2004) kabi she'riy dramalari sahnalashtirilgan. “ Javohirlar sandig’i” (1983) essesi, “Qasosli dunyo” (1994) publitsistik maqolalar to’plami, “Tirik ruhlar” (1999)  roman xronikasi muallifi. 
Shukrullo Karlo Gotsinning “ Baxtiyor  gadolar”  p’esasi, Sh.Petyofi , T. Shevchenko, Q.Quliyev va boshqa shoirlarning she'rlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi  Davlat mukofoti laureati (1994), “Do’stlik” (1994) va “El-yurt hurmati” (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.  
Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan