SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
29     
Aktyor va rejissyor Asror Jo'rayev tavallud topgan kun
1911-11-22

Asror Jo'rayev 1911 yil 22 noyabrda Samarqandda tug'ilgan. Rejissyor va aktyor. O'zbekiston xalq artisti (1950). Maxsus rejissyorlik kursini tugatgan (Moskva, 1939,1948). Ijodiy faoliyatini “Ko'k ko'ylak” havaskorlik truppasida boshlagan. 1930 yildan Samarqand teatrida aktyor, 1933 yildan rejissyor (1940-1944, 1948-57 yillarda bosh rejissyor). 1964 yildan Samarqand opera va balet teatrida rejissyor. Aktyor sifatida O'lmas (“Yondiramiz”), Yegor (“Oila”) kabi obrazlarni yaratgan. Eng yaxshi spektakllari: “Davron og'a”, “Hamshahar yigit”, “Nurxon”, “Alisher Navoiy”, “Shohi so'zana”, “Sepsiz qiz”, “Nodira” va boshqalar. Shuningdek, “Dilorom”, “Tohir va Zuhra”, “Maysaraning ishi”, “Farhod va Shirin” kabi operalarni sahnalashtirgan. Jizzax, Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrlari, Kattaqo'rg'on drama teatri sahnalarida ham spektakllar qo'ygan. (O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 3.tom)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan