SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Rus yozuvchisi Turgenev Ivan Sergeevich tavallud topgan kun
1818-10-10

Turgenev Ivan Sergeevich (1818.28.10 (9.11), Oryol – 1883.22.8 (3.9) , Parij yaqinidagi Bujival qishlog'i; Sankt – Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan) – rus yozuvchisi. Petarburg universitetining falsafa fakulьtetini tugatgan (1837). Turgenevning dastlabki romantik she'rlari va “Steno” dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. Turgenev peterburgdagi o'qishni tugatgan , Berlinga borib (1838) , falsafa va klassik filologiya bo'yicha ma'ruzalar tinglagan. Moskvaga qaytib kelgach , N.V.Gogolь, S.T.Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shug'ullana boshlagan. Turgenevning shu kezlarda yozgan “Parasha” dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib , oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi. Turgenev 1844 yilda “Andrey Kolosov” qissasini, “Pomeo'chik” dostoni (1846), “g'ayritabiiy” hisoblangan kishining xudbin ekanligini fosh etuvchi “Uch surat”(1846) va “Breter” (1847), “Petushkov” (1848) qissalarini e'lon qilgan. Turgenev 1847 yildan boshlab Parijda yashaydi. Shu yili “Sovremennik” (“Zamondosh”) jurnalida chop etila boshlagan “Ovchining maktublari” asari bilan Turgenev ijodida yangi davr boshlangan. Turgenev turkum hikoyalardan iborat bu asarida rus dehqonlariga xos ezgu va olijanob fazilatlarni tasvirlagan. Turgenev ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham qalam tebratib, “Sarmoyasizlik” ) (1846), “Yo'lboshlovchining nonushtasi” (1849 yilda sahnalashtirilgan) bir pardali hajviy pьesalarini, “Bo'ydoq” komediyasi (1849) , “Tekinxo'r” maishiy dramasi (1849) Va “Qishloqda bir oy” liro-psixologik dramasi (1850) ni yozgan. Shundan so'ng “ Mu – Mu” (1855) , “Ortiqcha kishining kundaligi” (1850) “Yakov Pasinkov” , “Karvonsaroy” (1955) va “Yozishma” (1856) qissalarini yaratgan. 1852 yil “Ikki avlod” romani ustida ish olib borgan, ammo asar nihoyasiga etmagan. 1850 yilda “Rudin” romanini yozib tugatgan. 50- yillarning o'rtalarida yozilgan “Faust” (1856) va “Polesьe safar(1857) qissalari Turgenevning “Dvoryanlar uyasi” romani (1859) ning maydonga kelishida etyud vazifasin bajargan. Turgenevning “Otalar va bolalar” romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho'qqisi sifatida talqin etiladi. 
Turgenev hayotining so'nggi 20 yillari xorijda o'tgan; dastlab Baden-Badenda , so'ngra Parijda yashagan. U shu davrda mashhur fransuz yozuvchilari va san'atkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo'lib, hatto 1878 yilda Parijda o'tkazilgan xalqaro yozuvchilar anjumaniga V.Gyugo bilan birga rahbarlik qilgan. 60-yillarning 2-yarmi 70-yillarda Turgenev “Brigadir” (1968). “Cho'l qiroli Lir” (1870), “Bahor toshqinlari” (1871) singari qissalarini, “Qo'riq” (1877) romani va boshqa bir qancha asarlarini yozgan.
Ayrim asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingan.
(O'.M.E. T.8.) 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan