SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Rus yozuvchisi Nikolay Tixonov Semyonovich tavallud topgan kun
1896-11-22

Nikolay Tixonov Semyonovich 1896 yil 22 noyabrda Peterburgda tug'ilgan. Rus yozuvchisi, jamoat arbobi. O'zbekiston xalq shoiri (1974). 1-jahon urushi (1918-20) va 2-jahon urushi (1941-1945) qatnashchisi. Rossiya yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1944). 20-yillarda “Serpion muridlari” adabiy to'garagi ishtirokchisi. Ilk dostoni “Sami” (1920). Tixonov 20-30-yillarda Gruziya, Armaniston va O'rta osiyo bo'ylab sayohat qilgan. Taassurotlari asosida “Vamberi” (1925), “Dengizdan dengizgacha” (1926), “Urush” (1931) qissalarini, “Xavfli odam”, “Harbiy otlar” (1927), “Abadiy tranzit” (1934), “Ko'chmanchi” kabi hikoyalar va ocherklar (1931), “Khetiya haqida she'rlar” (1935) to'plamini yozgan. “Gruziya bahori” turkum she'rlari (1948)da urushdan keyingi Kavkazning maftunkor tabiati, kishilarning tinch turmushi, xalqlar do'stligi ifodalangan.Tinchlik uchun kurashuvchilarning xalqaro harakatida ko'p yillar ishtirok etishi, Sharq va G'arb davlatlariga qilgan sayohatlari uning “Do'st soyasi” (1936), “Ikki oqim” (1951), “Tinchlik tarafdorlarining ikkinchi umumjahon kongressida” (1953) kabi turkum she'rlarida, “Oq mo'jiza” (1956), “Yashil zulmat” (1966) kabi qissalari hamda “Qo'sh kamalak” (1964) kitobida aks etgan. Asarlari o'zbek tilida nashr qilingan. G'.G'ulom, Oybek, Zulfiya va boshqa o'zbek shoirlarining she'rlarini rus tiliga tarjima qilgan. (O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi 8.tom)


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan