SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Ozarbayjon adabiyotshunosi Hamid Mahamadtag'i Arasli tavallud topgan kun
1909-11-23

Hamid Arasli Mahamadtag'i o'g'li 1909 yil 23 noyabrda Ganjada tug'ilgan-ozarbayjon adabiyotshunosi, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademigi (1969), filologiya fanlari doktori, professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1968). Araslining ilmiy va pedagogik faoliyati 1931 yildan boshlandi. U Ozarbayjon adabiyotining qadim davrlardan 18-asar oxirigacha inkishof yo'llarini ko'rsatuvchi “Qadim adabiyot” (1937-67 yillarda bir necha bor nashr etilgan), XVII-XVIII asrlar ozarbayjon adabiyoti tarixi” (1956) nomli darsliklar yaratgan. Ozabayjonning mashhur shoir va adiblaridan Maxsati xonim, Xoqoniy, Nizomiy Ganjaviy, Nasimiy, Fuzuliy, Xatoiy, Kishvariy, Masihiy, Soib, G'avsiy, Voqif, Vidodiy haqida ilmiy asarlar yozgan. Ayniqsa, Nizomiy va Fuzuliylarning hayoti, ijodining g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, Sharq adabiyotidagi mavqelariga bag'ishlangan tadqiqotlari alohida ahamiyatga ega. Araslining “Kitobi Dada Qo'rqud”, “Ko'ro'g'li” haqidagi maqolalari, “Ashug' ijodiyoti” monografiyasi (1960) xalq poetik ijodini o'rganishga bag'ishlangan muhim tadqiqotlaridandir. Araslining ozarbayjon adabiyotining o'zbek, turkman, turk va eron adabiyoti bilan adabiy aloqalari haqidagi tekshirishlari ham muhim ahamiyatga ega. Bular orasida Araslining Alisher Navoiy haqidagi tadqiqotlari salmoqli o'rinni egallaydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan