SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Kimyogar Pattoh Yo'ldoshev Xo'jayevich tavallud topgan kun
1928-11-23

Pattoh Yo'ldoshev Xo'jayevich 1928 yil 23 noyabrda tug'ilgan. Kimyo fanlari doktori (1965), professor (1967). Toshkent Farmasevtika institutini tugatgan (1949), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo institutida aspirant (1942-1952), shu institut alkaloidlar kimyosi labaratoriyasida kichik ilmiy xodim (1953-1956), O'simlik moddalari kimyosi institutining alkaloidlar kimyosi labaratoriyasida katta ilmiy xodim (1956-1965), so'ngra oqsillar kimyosi labaratoriyasining mudiri va institut direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari (1966 yildan). Bo'rigul o'simligidan 10 ta yangi alkaloid ajratib oldi, ularning kimyoviy formulasi va tuzilishini aniqladi. Uning barvinkan, vinkametrin, ervinin va boshqa preparatlari medisinada ishlatiladi. Oqsillar va alkaloidlar kimyosiga, g'o'za fermentlariga oid asarlar muallifi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). “Hurmat belgisi” ordeni va medallar bilan mukofotlangan


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan