SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
181920212223
24252627282930
Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi Bog‘ishamol ko‘chasi tashkil topgan
2005-10-10

Bog‘ishamol ko‘chasi - Yunusobod  tumanida , Amir Temur shohko‘chasi bilan Katta halqa yo‘li oralig‘ida. Uzunligi 4 km. 19 asr oxirlarida Qoramurt qishlog‘ida  boradigan yo‘l o‘rnida vujudga kelgan, shu sababli dastlab Qoramurt ko‘chasi deb atalgan.  1966 yil ko‘cha rekonstruksiya qilinib, bir va ko‘p qavatli turar joy binolari qurilgan. Shu vaqtdan boshlab  2005 yilgacha Jahon Obidova (1900-66) nomi bilan  yuritilgan. 2005 yil  10  oktyabrda  “Bog‘ishamol”  nomi berilgan. Bog‘ishamol ko‘chasining temir yul bilan kesishgan qismida ko‘prik bunyod etilgan. Ko‘cha yo‘nalishida Davlat test markazi, Mirza Yusuf masjidi, Toshkent hayvonot bog‘i, Botanika bog‘i, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Yunusobod ulgurji  savdo yarmarkasi, kollej, maktab, ko‘p qavatli bino va yakka tartibdagi uy-joylar, avtomobillarga yonilg‘i quyish, maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va umumovqatlanish shoxobchalari bor. Ko‘cha yaqinida  Akvabog‘,  Toshkent teleminorasi , Toshkent kabel zavodi, Toshkent agrar universiteti  joylashgan.   
Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan