Fizik va matematik Viktor Ivanovich Gubin tavallud topgan kun
1917-11-24

Viktor
Gubin Ivanovich 1917 yil 24-noyabrda Vladivostokda tug'ilgan. Geofizik, O'zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi (1962), fizika-matematika fanlari doktori (1958), professor (1960), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1967). Toshkent Davlat Universitetini tamomlagan (1941). Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari institutida ishlagan (1945-58), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika instituti direktori o'rinbosari (1958-60) va direktori (1960-62), bo'lim boshlig'i (1963-75). O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika va matematika fanlari bo'limi akademiyasi kotibi (1962-63). Gubin frontogenez uchun qulay sharoit vujudga keltiradigan usullarni topgan, metereologik elementlarni oldindan aytib berish masalalarini tekshirgan; temperatura va bosimning advektiv o'zgarishlarini oldindan hisoblash va bosim bo'yicha shamol tezligini aniqlash usulini ta'riflab bergan, qisqa muddatli ob-havoni odindan aytib berishning miqdoriy usullarini mukammallashtirgan.
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Qachon muvaffaqiyatga erishamiz 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. Internet hamlasi: xavf va himoya Kutubxonashunoslik, arxivshunoslik, kitobshunoslik nazariyasi va tarixi Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon Zohidjonova Sevaraxon Yusupova Zarina Yo’ldosheva Dildora Yangiboyeva Dildora Islom qizi