SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Noyabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829  
Davlat va jamoat arbobi Nikolay Ivanovich Vavilov tavallud topgan kun
1887-11-25

Vavilov Nikolay Ivanovich 1887 yil 25 noyabrda tug'ilgan. Atoqli botanik, genetik, seleksioner, geograf. Davlat va jamoat arbobi. 1917-1921 yillarda Saratov universiteti professor, Rossiya Fanlar Akademiyasi Genetika institutining direktori, Butunittifoq Qishloq xo'jaligi akademiyasining haqiqiy a'zosi va prezidenti (1929-1935). 1935 yildan vitse-prezidenti. U 7-xalqaro genetik genetik kongressining faxriy prezidenti (Buyuk Britaniya, 1938), 350dan ortiq ilmiy asar yozgan. O'zining “Irsiy o'zgaruvchanlikka gomologik qatorlar qonuni” asarida turlarning kelib chiqishi haqidagi Darvin g'oyasini yanada rivojlantirdi va bir-biriga yaqin o'simlik turlari va avlodlarida o'xshash o'zgaruvchanlik paydo bo'lish yo'llarini, genetik asoslarini ko'rsatib berdi. Vavilov ayniqsa seleksiya uchun zarur boshlang'ich materiallarto'plash va ularni o'rganish maslasiga katta ahamiyat berdi. Shu maqsadda Evropa, Osiyo, Janubiy va Shimoliy Amerikaning ko'p qismlariga ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etib ularda shaxsan o'zi ishtirok etdi va rahbarlik qildi. 1925 yilda Xiva vohasiga ekspeditsiya qilgan. Bu ekpeditsiya natijasida madaniy o'simliklarning dunyoda tengi yo'q boy kolleksiyasi to'plandi va bu materiallarni chuqur o'rganish natijasida Vavilov madaniy o'simliklarning kelib chiqish markazlari haqidagi g'oyasini ilgari surdi. 1966 yilda Genetik va seleksionerlarning Butunittifoq jamiyatiga, 1967 yilda Butunittifoq o'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutiga Nikolay Ivanovich Vavilov nomi berildi


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan