SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi Nodirov Turdi tavallud topgan kun
1936-10-05

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi Nodirov Turdi
Nodirov Turdi  (1936.5.10, Toshkent) - kinorejissyor - operator. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi (1973). Moskva kinematografiya institutini tugatgan (1959).”O‘zbekfilm”da operator (1959-61). O‘zbekistonda ilmiy-ommabop vahujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor-operator (1961-86), direktor (1961-86). 1989-2002 yillar “ “O‘zbekiston videomarkazi”da rejissyor-operator , 2002 yildan O‘zbekiston kini arboblari birlashmasi raisining birinchi o‘rinbosari. Ijodiy faoliyatini 1959 yilda “ Mahallada duv-duv gap” filmiga operatorlik qilishdan boshlagan. “Zangori olov kishilari” hujjatli filmi(1960) Nodirovning hujjatli kinodagi birinchi ishidir. U o‘z ijodi davomida 130 dan ortiq ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar yaratdi (“Salom bahor” “Oltin to‘y”, “Tojixon bilan uchrashuv”, “Askiya”, “Registon”, “ O‘n uch qaldirg‘och”,  “Kanadada sakkiz kun”, “Oltin Bengaliya” “Xalq o‘yinlari” va boshqalar). Operatorga xos kuzatuvchanlik , voqyelikka ijodiy yondashuv , hozirjavoblik, lavhadagi har bir epizodni tez ilg‘ab olish, suratga olish jarayonida improvizatsiya bilan ishlash Nodirov ijodiga xosdir.  Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1975).



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan