SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
“Chittaklar kuni”
0000-11-12

“Chittaklar kuni” ekologik bayram. Bir necha yillar oldin paydo bo'lgan “Chittaklar kuni” nomli ekologik bayram 12 noyabrda nishonlanadi. Rossiyaning qushlarni himoya qilish ittifoqi vakillari bu bayramni nishonlash haqidagi tashabbus bilan chiqishdi va 12 noyabr aniq sana qilinib tayinlandi. Bunday qarasang, ko'rimsizgina bir qushcha-lekin unga qarasang bahri diling ochiladi. Qish faslida hammayoq sovuq, shamol va izg'irin bo'lganda-bu qushcha xuddi yaqin kunlarda menga o'xshagan, faslning eng chiroylisi bahor keladi deyotganday. Qadimgi rivoyatlarga qaraganda, slavyanlarda aynan shu 12 noyabrda uzoqlardan chumchuqlar va o'rmon qushlari uchib kelar ekan. Bular orasida sariq ko'krakli chittaklar ham uchrar ekan. Qushlarni bu harakatini oson tushuntirish mumkin: qanotlilar bilishadiki, odamlar qishning sovuq kunlarida ularga rahmlari keladi va ularni boqishadi. Achinmasalar, shafqat qilmasalar ham uylarning atroflarida qushlar uchun emish topiladi. "Chittaklar kuni"da oldinlari albatta qushlar uchun uyalar yasalardi. Hozirgi kunda bu ish bilan shug'ullanadiganlar kamdan-kam uchraydi, aslida esa bu ish juda ham oson. Yasagan odamga bu juda yoqimli, qushlarga esa issiq uy. Chittaklar-chumchuqsimonlar oilasi, 65 turni birlashtirgan 10 urug'i bor. Tanasining uzunligi 10-20 sm, og'irligi 7-25 gr. Konussimon tumshug'i qisqa, burun teshiklari atrofi qilsimon par bilan o'ralgan. Oyoqlari baquvvat, tirnog'i ichiga qayrilgan. Chittak daraxt kovaklari va shox shabbalariga uya quradi. Yilda bir marta 3-16 ta tuxum tuxum qo'yadi. Chittak faqat hasharotlar bilan oziqlanadi, o'rmon park, bog' zararkunandalarini qirib foyda keltiradi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan