
Yusupova Klara Yusupovna 1930 yil 28 iyulda Toshkentda tavalud topdi. U raqqosa, balerina, O’zbekiston xalq artisti 1964 yilda Navoiy teatri qoshidagi studiyada va Moskva xoreografiya bilim yurtida o’qigan. 1951-1978 yillar Navoiy nomidagi opera va balet teatirining solistkasi. Esmeralda (“Esmeralda”), feya Sireni (“Uyqudagi go’zal”), Kitri (“Don Koxot”) kabi partiyalarni ijro etgan. Yusupova Klara asosan, o’zbek xalq raqslarining mohir ijrochisi sifatida tanilgan. Uning raqslari sho’x, jo’shqin va jozibadorligi, murakkab, lekin erkin harakatlari, o’ziga xos milliyligi bilan ajralib turadi. “Zang”, “Larzon”, “Rohat”, “Dutor bayoti”, “munojat”, “Sho’x qiz”, “Buxorocha”, “Lazgi”, “Pomircha”, kabi raqslari shular jumlasidan. Bolgariya, Ruminiya, Fransiya, Hindiston, Italiya, Braziliya kabi mamlakatlarda gastrolda bo’lgan.