SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910111314
15161718192021
22232425262728
293031    
Muzlatgich potentlagan kun
1899-08-08

1899 yil 8 avgustda  Albert Marshall muzlatgich ixtiro qilgan muzlatgich оziq-ovqat mahsulotlari va boshqa tez ayniydigan mahsulotlar saqlanadigan inshoot yoki qurilma. Sovitgichda mahsulotlar atrof muhit  temperaturasidan  past  temperaturada saqlanadi. Bunday sovitish mashinasi yordamida hosil qilinadi. Har qanday sovitkich mahsus qurilgan xona yoki metall shkaf, bug’latgich, kondensator, kompressor, elektr dvigateli va temperatura relisidan iborat. Nima maqsadda ishlatilishiga qarab, sovitkichlar uy-ro’zg’or sa'noatda ishlatiladigan turlarga bo’linadi. Uy-ro’zg’or sovitkichi tez ayniydigan oziq-ovqat mahsulotlari (go’sht, baliq, va boshqa) va taomlarni qisqa muddat saqlash hamda ro’zg’or extiyojlari uchun muz tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday sovitkichlar har xil hajimli (20-800 l)  qilib ishlab chiqariladi. Mahsulotlarni saqlash muddatiga ko’ra, sovitkich 4 toifaga: 1-muzlatilmagan mahsulotlarni saqlash (past t-rali  bo’lmasiz); 2-qisqa muddat (birnecha sutka mobaynida) saqlash; 3 –o’rtacha muddat (2 haftagacha) saqlash va 4-uzoq  muddat (3 oygacha) saqlash uchun mo’ljalangan Sovitkichlarga bo’linadi. Uy ro’zg’or  Sovitkichida temperatura  +6 gradusdan -18 gradusgacha bo’lishi mumkin. Sovitgichlar kompression, absorbsion va termoelektor  turlarga  bo’linadi  Kompression Sovitgichlar eng ko’p  tarqalgan. Sovitgichdagi sovitish agenti -ammiak, freon va ba'zi uglevodlar. Kompression Sovitkichlar va ba'zi uglevodlar. Kompression Sovitkichlarda elektr dvigatel kompressorni harakatlantiradi. Kompressor sovitish agentini kapillyar naychalar oro’ali haydab beradi. Natijada sovitish kamerasida va umuman sovitgich shkafi ichida past temperatura hosil bo’ladi. Uy-ro’zg’or bir kamerali va ikki kamerali bo’lishi mumkin. Mahsulotlar ham saqlanib, ham muzlatiladigan sovitkichlar muzlatkich deb ataladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan