SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2018
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
Rossiyada nashr qilish kuni
0000-01-13

13yanvar-Rossiyada nashr qilish kuni.
13 yanvarda- Rossiyada nashr qilish kuni, chunki aynan shu kuni Rossiyada Buyuk Pyotrning farmoniga ko'ra 1703 yilda “Vedomost” birinchi rossiya gazetasi dunyo yuzini ko'rdi. Bu birinchi son “Xarbiy va boshqa ishlar vedomosti, bilim va xotiraga oid, Moskva davlati va boshqa atrofidagi davlatlar ” deb nomlangan edi. Gazeta faqatgina Moskvada emas, balki Sankt-Peterburgda ham, shu bilan birga, o'zining oldingi nomini o'zgartirmagan holda, “vedomostlar” so'zi doimgidek bo'lgan – “Rossiya vedomostlari”, “Vedomostlar”, “Moskva vedomostlari” nomi bilan chiqqan. Imperator Pyotr1 farmoniga ko'ra 1870 yilning 1 yanvarida pochta bo'limlarida davomiy rus va xorijiy nashrlarga obuna qabul qilishga ruxsat etildi. Bu Rossiyadagi shunga o'xshash farmoyishlar orasida birinchisi,ya'ni davomiy nashrlarga obuna bo'lishga ruxsati edi.1914 yilda esa rossiyaliklar 3000dan ortiq davomiy nashrlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.O'sha paytlardayoq 200dan ortiq jamiyat siyosatiga oid kundalik gazetalar mavjud edi.
1719 yilda esa birinchi rossiyalik muxbir Yakov Sinyavich paydo bo'ldi. Muxbir tahririyat ishchisi bo'lib, Rossiyada bo'lib o'tayotgan hodisalarni yoritishga yordam beradigan ma'lumotlarni yozishi kerak edi, chunki ma'lumotlar soni xizmatdagilarning bergan xabari va xorijiy gazetalardan olingan ma'lumotlar etarli emas edi. Odamlarni qiziqtirish kerak edi, nashriyot a'zolarining ishini esa mutlaqo yangi darajaga ko'tarishdan iborat edi. 1728 yilda gazetani Fanlar akademiyasi bosib chiqara boshladi, nomini o'zgartirib, endi “Sankt- Peterburg vedomostlari” nomi bilan tiraji 4ming nusxada chop etila boshladi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan