SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Tanqidchi va dramaturg Izzat Sultonov tavallud topgan kun
1910-11-29

Izzat Sultonning ( to'liq ismi-sharifi Izzat Otaxonovich Sultonov) 1910 yilning 29 noyabrida O'sh shahrida tug'ilgan-adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995), O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1964). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1981). Zamonaviy adabiyotshunoslik fanining asoschilaridan. O'rta osiyo universitetida o'qigan (1930-1931), Nizomiy nomidagi Pedagogika institutini tugatgan (1937. O'zbekiston davlat radio-eshittirish qo'mitasi raisi o'rinbosari, Toshkent kinostudiyasi direktori (1943-1945), O'zbekiston XKS raisi o'rinbosari (1945-1948), O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti direktori (1948-1951), bo'lim mudiri (1956 yildan), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi (1955-1958). Izzat Sultonning adib va olim sifatidagi ijodi ko'p qirralidir. Uning o'rta maktablar uchun mo'ljallangan “Adabiyot nazariyasi” qo'llanmasi (1939) butun O'rta Osiyoda adabiyotshunoslar avlodining voyaga etishiga zamin tayyorlagan. Izzat Sulton “O'zbek adabiyoti masalalari”(1959), “Adabiyot nazariyasi” (2 jildli,1978-79), “O'zbek adabiy tanqidi tarixi”(2 jildli,1987), “Adabiyot nazariyasi” darsligi(1980) muallifi. Uning faoliyatida Navoiy ijodining ilmiy tadqiqi alohida o'rin egallaydi. “Navoiyning qalb daftari” (1969) asarida ulug' shoirning har taraflama dalillangan ijodiy biografiyasini yaratdi. Izzat Sulton bundan tashqari, Navoiy ijodi haqida turkum maqolalar (“Adabiy merosimizni o'rganaylik”, “Makorim ul-axloq” haqida”, “Navoiy va zamonamiz” va boshqalarni yozgan. Izzat Sulton “Burgutning parvozi”(1940), “Alisher Navoiy”, “Imon”(1960), “Noma'lum kishi” (1963), “Ko'rmayin bosdim tikonni” (1973), “Istehkom” (1977),”Donishmandning yoshligi” (1980), Abdulla Qodiriyning “O'tgan kunlari” (1988) dramalari muallifi. A.Speshnev, Uyg'un va V.Shkolovskiylar bilan hamkorlikda “Alisher Navoiy” (1945) kinossenariysini yaratgan. Bundan tashqari “Fidoyi”, “Senga peshvoz” ssenariylari, “Shoir qalbi”(1967) opera liberettosini yozgan. Beruniy nomidagi O'zbekiston mukofoti laureati (1970). “Shuhrat “ medali bilan mukofotlangan (1992).2001 yil 29 iyulda Toshkentda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan