SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Futbolchi Kristofer Metselder tavallud topgan kun
1980-11-05

Kristofer Metselder 1980yil 5 noyabrda Xaltern-am-Zeeda tug'ilgan. U favqulodda qobiliyatli bo'lib, hamma narsani osonlik bilan o'rganar edi. Juda tez muvaffaqiyatlarga erishib turli futbol turnirlarida qatnasha boshladi. Futbolist 2001 yilda nemis terma komandasi tarkibida birinchi o'yinlarini ko'rsatdi. Vengriya komandasiga qarshi match avgust o'rtalarida Budapeshtda bo'lib o'tdi va g'alaba bilan yakunlandi. 2002 yilda chempionlik tituliga loyiq deb topilib, kumush medalga sazovor bo'ldi, bundan tashqari UEFA Kubogining final soxibi bo'ldi. 2002 yil futbolchi Kristof Metselder (23 yoshli futbolchilar o'rtasida) Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi nomini oldi. 2005 yilda sportchi Konfederasiya Kubogida qatnashib uchinchi o'rinni egalladi va bronza mukofoti bilan taqdirlandi. O'z o'rnida shuni aytish kerakki, Kristof- nihoyatda ajoyib bola. Bundan tashqari, u “Boorussiya” futbol komandasining (o'z vaqtida) eng yosh kapitani bo'ldi va juda qisqa vaqt ichida milliy futbolning yulduziga va kelajagiga aylandi. Kristof Metselder faqat futbol sohasidagina mashhur bo'lib qolmasdan, nemis futbolisti saxovatli inson hamdir. U turli-tuman xayr-ehson tadbirlarida faol qatnashadi, axir u-xudoga ishonuvchi katolik va umuman olganda u-aqlli va marhamatli inson. Papa Ioann Pavel II ning o'zi Metselderga fotiha bergan. Hozirgi kunda Kristof Metselder sport bilan faol shug'ullanib, turli darajadagi futbol matchlarida qatnashib kelmoqda. Mutaxassislarning ko'pchiligi Kristofni oldingiday kelajagi porloq o'yinchi deb hisoblashadi. Iste'dodli, nemis futbolchisining kelajakdagi sport sohasidagi martabasi qay darajada bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Erishgan yutuqlari: Jahon chempionatida kumush sovrin: 2002, Jahon chempionatida bronza sovrin: 2006, Konfederasiya Kubogida bronza mukofoti: 2005,Germaniya chempioni: 2002,UEFA Kubogi finalisti: 2002, 23 yoshlilar o'rtasida Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi:2002, Ispaniya chempioni: 2007/08, Germaniya Kubogi sohibi: 2010/11. Shaxsiy hayoti 2001 yilda Yozef Kenig nomidagi mahalliy gimnaziyani tugatgan. Futboldagi shuhratini oshirish bilan birgalikda 2001 yildan universitetning “Ishlab-chiqarishni tashkil etish” fakultetida sirtdan o'qiy boshlagan. Kristofning uchta ukasi bor. Uning kichik ukasi Malte Metselder ham futbolist va “Ingolshtadt 04” klubida o'ynaydi.

 



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan