SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Farg’ona kanali ochilgan kun
1940-07-25

Respublikada suv xo’jaligi xalq tarmoqlaridan biri sifatida shakllandi va aholi hamda xalq xo’jaligining suvga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.  Suv xo’jaligi tizimida melioratsiya qurilishini Melioratsiya va suv xo’jaligi vazirligi, “o’zsuvqurilish” davlat konserni olib boradi. Samarqand vohalari, Farg’ona vodiysida qadimiy sug’orish inshootlari (kanallar, to’g’onlar, korizlar, va boshqalar) qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan. Yangiariq (Farg’ona viloyati) va Eski Jo’n (Toshkent viloyati), Qumqo’rg’on (Surxondaryo viloyati) kanallari qurildi. Yangiariq (Farg’ona viloyati) va Eski Jo’n (Toshkent viloyati)kanallari qayta qurildi, bir qancha gidrotexnika inshootlari yangilandi, sug’orish kanallari va gidro inshootlar qo’l mehnati, hashar yo’li bilan qurilgan. Minglab kolxozchilar 30-40 yillarda qo’l mehnati bilan Shimoliy Farg’ona va Janubiy Farg’ona kanallarini qazidilar, Toshkent,Toshsoqa (Xorozmda)va boshqa kanallarni qurishga minglab dehqonlar jalb qilindi. 1940 yil 270 km uzunlikdagi Katta Farg’ona kanali 45 kunda qurib bitkazildi. Hashar yo’li bilan. 50-60 yillarda Markaziy Farg’onani o’zlashtirish munosabati bilan Katta Farg’ona kanali rekonstruksiya qilindi. Melioratsiya va suv xo’jaligi vazirligi tizimida bir qancha korporatsiya, ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy tajriba korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Korporatsiya va birlashmalarining har biri o’z tizimida o’nlab sanoat va qurilish industriyasiga ega.  Farg’ona kanalining ochilish kuni judda katta tantanaga aylandi. Bunda halq sevgan sa'natkorlar  va fan arboblari ishtirok etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan