SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
Pekinda ХХIХ Yozgi Olimpiada o’yinlari ochilgan kun
2008-08-08

2008 yil XXIX yozgi olimpiada o’yinlari 8 avgustdan 24 avgustgacha Xitoy poytaxti Pekinda o’tkazildi. Olimpiadada ishtirok etish  uchun Toronto (AQSH), Parij (Fransiya , Istanbul (Turkiya), Osaka (Yaponiya), Bangkok (Tailand), Kair (Misr) va boshqa davlatlar kurashdilar. Olimpiya musobaqalarining ayrim qismini Pekindan boshqa shaharlarga: Gongkong, Sindao, Sinxuondao, Shanxay va Shenyan shaharlarida o’tkazildi. 37 ta Olimpiya joylari qaytadan qurildi.  Asosiy sport maydoni etib, “Qushlar uyasi” deb nomlangan stadion bo’ldi.  O’yinlarga tayyorlanish uchun 44 milliard dollar sarflangan. Ulardan bir qismi – 4,6 milliard dollar atrofidagi mablag’ Pekindagi  uchunchi  xalqaro aeroportning qurilishiga ketgan. 2008 yil yozgi o’yinlarning belgisi – "Fuva" yoki "Bolalar omadi" deya nomlangan. Pekin Olimpiadasi belgilari haqida uzoq o’ylandi, chunki tashkilotchilar yangi, antiqa narsani o’ylab topishni hohlagandilar.  Shunday qilib Fuva, Xitoy tilidan tarjima qilinganda “Bolalar omadi” deya atalgan 5 qahramondan iborat belgilar yaratildi. Ularning har biri Olimpia ranglari bilan bezalgan.  Bundan tashqari ular 5 ta tabiat boyliklarini, ya’ni suv, daraxt, olov, yer va metallni anglatadilar. Belgilarning dizayni an’anaviy Xitoy san’atidan yaratilgan. Pekin o’yinlari Olimpiya olovini olib chiqish bilan ajralib turadi.  Olimpiya olovi musobaqa boshlanishidan 137 kun oldin olingan va Antarktidadan tashqari boshqa mintaqalarni bosib otgan. O’yinning tantanali ochilishi 2008 yil 8 avgustda kechki soat 8 da boshlangan.  Shouda 2008 ta musiqachilar va 32 ta milliy kiyimlarda bolalar qatnashdilar. Ochilish marosimini dunyo bo’ylab 4 millard   aholi kuzatgan. Olimpiadada 204 ta davlatdan 11 099 ta sportchilar 28 ta sport turi bo’yicha bellashganlar. Velosport, yengil atletika, suzish, stol tennis, o’q otish musobaqalariga o’zgartirishlar kiritilgan. Birinchi o’rinni Xitoy, ikkinchi o’rinda AQSH, uchunchi o’rinda Rossiya g’oliblikni qo’lga kiritdi. O’yin qahramoni  amerikalik suzuvchi Maykl Felps bo’ldi. U  birdaniga 8 ta oltin medalni  qo’lga kiritdi. Uzoqlikka sakrash bo’yicha Rossiya sportchisi,  besh karra jahon chempioni, 24 marta jahon rekordini o’rnatgan Yelena Isinbayeva Oltin Olimpia medali bilan  taqdirlandi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan