SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Yevropa til bayrami kuni
2001-09-26

26 sentyabr - Yevropa til bayrami kuni 
2001 yil 26 sentyabrdan boshlab har yili Evropa til bayrami nishonlanadi. Bundan maqsad tillarning rang – barangligi , ta'lim berishni va o'rgatishni rivojlantirishdir.Darhaqiqat hozirda kamida bitta xorijiy tilni biluvchi odamlar kundan kunga oshib bormoqda. Chet tillarni bilish qobiliyati anchadan buyon o'rganib kelinmoqda. Ba'zi insonlar o'z ona tilini bilish qiyin bo'lsa , boshqalar esa bir nechta xorijiy tilni osongina o'rganishadi. Bu mehnat samarasiligi yoki qobiliyatdir.XXI- asrda YUNESKO tomonidan “Butun umr tillarni o'rganamiz” shiori qabul qilingan. Evropa institutlarida rasman ingliz ,bolgar, venger, nemis, fransuz va boshqa tillarda ta'lim olib boriladi.Evropa ittifoqi tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar barcha rasmiy tillarga tarjima qilinadi . Har bir Evropa fuqarosi Evropa ittifoqi tashkilotlariga qilgan murojatlariga javobni rasmiy tillarning birida olish huquqiga ega.Evropa ittifoqidagi tillarning teng huquqliligiga qaramasdan, ko'pincha ingliz , fransuz va nemis tillaridan foydalaniladi. Evropa til bayramida turli konferensiya , seminarlar , ma'ruzalar va ta'lim muassalarida ochiq darslar , konsertlar , ko'rgazmalar bo'lib o'tadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan