SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Futbolda 2011-yilning eng yaxshilari e'lon qilindi
2011-12-23

G‘oliblar ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan o‘tkazilgan ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi. “Fair Play” (halol o‘yin) sovrini Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga berildi, deb xabar qildi  O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining matbuot xizmati. O‘zbekiston chempionatining  “Eng yaxshi to‘purari” deb poytaxtning  “Bunyodkor”  klubi hujumchisi Milosh Trifunovich e’lon qilindi. Uning hisobida mamlakat chempionatida urgan 17 ta gol mavjud. Yilning  “Eng yaxshi bolalar-o‘smirlar murabbiyi” Aleksey Yevstafeyev bo‘ldi. Unga O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 3 mln so‘mlik grant ajratildi. “Eng yaxshi yosh futbolchi” nominatsiyasi bir yo‘la uch futbolchi – Davlatbek Yorbekov, Temur Hakimov va Bobur Davlatovlarga berildi. Har biriga O‘zbekiston futbolini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan 1 mln so‘mlik grant berildi.Dunyoga mashhur referi Ravshan Irmatov “Eng yaxshi hakam” deb topildi. “Eng yaxshi murabbiy” deb O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining bosh murabbiyi Vadim Abramov (rasmda o‘ngda) e’lon qilindi. Yilning “Eng yaxshi futbolchi” nominatsiyasida Maxachqal’aning “Anji” klubi yarim himoyachisi, terma jamoaning ilg‘orlaridan biri, iqtidorli o‘yinchi Odil Ahmedov g‘olib deb topildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan