Otolaringoglar kuni
0000-09-29

29 sentyabr – Otolaringoglar kuni
Har yili 29 sentyabr kuni otolaringoglar kuni kasbi bayrami keng nishonlanadi Otolaringogiya grekcha so'zdan olingan bo'lib , (quloq, burun , tomoq) quloq , tomoq, burun va yondosh bo'shliqlarini anatomik va fiziologik tuzilishi , hamda ularning diagnostikasi , davolash va profilaktikasini o'rganuchi tibbiyotning eng muhim qismi hisoblanadi.Ushbu yo'nalishda faoliyat ko'rsatayotgan vrachlarni qisqartirib “Lor” deb (loringotorinolog) ataladi.Ko'rish a'zolaridan keyingi o'rinda turadigan eshitish qobiliyati nutq bilan birgalikda insonni yanada ko'proq axborotlarni qabul qilishga , insonni “inson” bo'lib rivojlanishida asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari hid bilish, ta'm sezish, eshita bilish inson hayotini yanada uyg'unlashtiradi. Ming afsuslar bo'lsinki ba'zi bemorlar mutaxassis huzuriga borishdan kechib, o'zlari uyda davolanib ko'radilar, ammo , natija salbiy tarafga o'zgargach, kasallikni og'ir bosqichlarida shifokorga murojat qiladilar. Bunday hollarda shifokor nafaqat bemorning dardiga shifo topish, balki uning hayoti uchun kurashadilar. Hlzirgi kunda lor a'zolarining kasalliklari bolalarda ham kattalarniki kabi keng tarqalgan. Xurrak otishni davolash otoloringolog yordamisiz davolab bo'lmaydi. Xuddi boshqa kasallarga o'xshab lor a'zolarining tug'ma nuqsonlari uchrab turadi.Statistik ma'lumotlarga ko'ra dunyoga kelgan yangi chaqaloqlar ichida 100 tadan 2 tasi , quloq, tomoq, burun nuqsonlari bilan tug'iladi. Kasallikni erta aniqlab, davolash uni davolash to'g'ri yo'lga qo'yilsa, kasallik bartaraf bo'lishi bilan birga jamiyatimizning barkamol , sog'lom inson bo'lishini ta'minlaydi.Ushbu kasbni rivojlanishi uzoq o'tmish va boy tarixga ega. Qadimgi Misr, Hindiston Yunoniston obidalarida quloq, tomoq, burun kasalliklari va ularni davolash haqida ma'lumotlar berilgan.Ilm , fan , texnika rivojlanishi bilan birga tibbiyotda otolaringoglarlar ham ulkan yutuqlarga erishdilar.Shu darajaga etishishda olim va mutaxassislarlarning hissasi beqiyosdir.Shunday ajoyib kasb egalarini har yili 29 sentyabr kuni rahbariyat , hamkasblar va bemorlar tomonidan kasb bayramlar bilan chin ko'ngildan qutlaydilar.