SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272830
Meksikalik shoir Pas Oktavio
1914-03-31

Pas (Paz) Oktavio (1914.31.3 - Mexiko-1998) – meksikalik shoir. Birinchi she’riy to’plami “No pasaran” 1936-39 yillarda Ispaniyada bo’lgan fuqarolar urushiga bag’ishlangan. “Inson ildizi”  (1937), “Sening ravshan soyang ostida” (1937), “Dunyo chekkasida” (1942), “Madhiya mag’zi” 1954), “Quyoshning toshi” (1957), “Yaxlit shamol” (1966) va boshqa to’plamlarida Pas milliy lirikani badiiy kashfiyotlari bilan boyitgan, fikrlarni jamlashga moyil, metaforalarga boy, yuksak ruhiyatli intellektual shoir sifatida namoyon bo’ladi. U qadimgi Meksika hamda Osiyo xalqlari madaniy merosiga tez-tez murojaat etadi. “Yolg’izlikning chalkash yo’llari” (1956) esse-kitobida meksikaliklar ruhiyatini, Meksikaning tarixiy o’ziga xosliklarini tadqiq etadi. Pasning fikricha, shoirning hozirgi jamiyatdagi vazifasi inson va tashqi dunyo birligini tiklashdir


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan