Balalayka - rus milliy asbobi. Balalayka kuni paydo bo‘lishi xalq musiqachilarining xizmati deb sanash kerak. Bayram rasmiy ravishda tan olinmagan, lekin musiqiy jamoalarga har yili uni chiqishlar va konsertlar bilan nishonlashga halal bermayapti. Bayramning g‘oyasi Rossiya xalq musiqachilari klubining Prezidenti Dmitriy Belinskiyga kelgan. Sanani tanlashda tarixiy asos bo‘lib 1688 yil 23 iyundagi birinchi hujjat "Strelets buyrug‘i xotirasidan kichikrossiya buyrug‘iga buyruq" xizmat qildi. Birinchi marta Balalayka kunini 2008 yilda nishonlashdi. Ma'lum bo‘ldiki u vaqtda bayram 2 ta yubileyni nishonlashga bog‘liq bo‘ldi. Balalayka nomi qayd qilingan birinchi hujjatga 320 yiligi va 125 yil avval mashshoq, kompozitor va rus xalq asboblarning birinchi milliy orkestri dirijori Vasiliy Andreyev balalaykani orkestrga qo’shgan. Aslida bu voqea xalq musiqa asboblarida chalish san'atining rivojlanishiga asos soldi. Balalayka kunini Yevropada, Lotin Amerikasida, Avstraliyada, AQSH, JAR, Ukrainada, Belorusiyada, Qozog‘iston, va albatta, Rossiyada har xil rus xalq musiqiy asboblarda chaluvchi usta ijrochilar, ijodiy jamoalar, shunchaki havaskorlar, xalq musiqachilari nishonlaydilar. 2010 yildan boshlab Qrimda bayram sharafiga festival o‘takaziladi. Iyun mobaynida bu yerda xalq musiqachilarining chiqishlari uyushtiriladi, 23-iyunda esa katta gala-konsert bilan festival yakunlanadi.