SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2017
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242527282930
Buyuk nemis kompozitori Bax Iogann tavallud topgan kun
1685-03-21

Bax Iogann Sebastyan (1685.21.03, Eyzenax - 1750.28.07, Leypsig) — buyuk nemis kompozitori, mashhur organ ijrochisi, barokko davri hamda polifoniya uslubining yirik namoyandasi. Bax Iogann ijodida oldingi davr musiqa janr yo'nalishlari (shu jumladan, xor polifoniyasi, protestant xorali, organ musiqasi, italyan operasi, klavesin va klavir musiqasi) umumlashtirilib, o'z badiiy yakunini topgan. Bax Iogann musiqasida polifoniya yunalishlari bilan gomofoniya tizimlari o'zaro qorishib yagona uslub vujudga keltirgan. Bax Iogann merosiga mingdan ziyod asarlar kiradi, ular asosan organ musiqasi, klavir, skripka va boshqa cholg'ular uchun asarlar hamda vokal, vokal-dramatik janrlari va boshqalar. Bax Iogann ijodida organ muhim o'rin tutadi. U organning yangi imkoniyatlarini ochib berdi, organ prelyudiyasi, fantaziya, tokkata kabi janrlarini fuga bilan birlashtirdi. Organ uchun yozilgan «Prelyudiya va fuga c-moll», «Fantaziya C-dur», «Tokkata va fuga», «Passakalya» va boshqa asarlari jahon musikasi xazinasidan o'rin olgan. Bax Iogann birinchi bo'lib klavir uchun konsert asarlarini yaratib, yangi uslub kashf etdi (syuitalar, «Xromatik fantaziya va fuga», «Italyanka konsert» va boshqalar). Klavir musiqasi sohasida yangi «teng tovushqatorli» tizimning afzalliklarini «Yaxshi temperasiyalashgan klavir» to'plami misolida namoyish kildi. Vokal, vokal-dramatik musiqa janrlarida Bax Iogannning 300 ga yaqin diniy kantata, xoral va oratoriyalari («Ioann bo'yicha ehtiroslar», «Matvey bo'yicha ehtiroslar», «H-moll katta messasi», «Magni-fikat» va boshqalar) alohida o'rin tutadi. Bularning mavzulari injil kitobidan olingan bo'lib, mazmunida insoniylik, hayotdan zavqlanish, yuksak go'zallikka intilish, shodu xurramlik bilan dard-alam hissiyotlari o'z aksini topgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan