SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2018
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151617
19202122232425
262728293031 
Fransiyada birinchi avtomobil poygasi o‘tkazilgan kun
1895-06-13

Birinchi avtomobil poygalari 1895 yil 11 iyundan 13 iyungacha Parij - Bordo - Parij  marshruti bo‘yicha o‘tkazildi. Marshrutning uzunligi 1200 km bo‘lib, g‘oliblarning hal qiluvchi faktori avtomobilning maksimal tezligiga bog‘liq bo‘lgan. Musobaqada ishtirok etgan 46 ta ishtirokchidan 29 tasining avtomobili benzin dvigatelli, 15 tasi par orqali, 2 tasi elektr tokli bo‘lgan. Musobaqa g‘olibi  Emil Levassor bo‘lgan. U sheriksiz 2 o‘rinli “Panhard - Levassor” mashinasida 48 soatu 47 minutda o‘rta tezlik 24,4 km/s tezlikda masofani bosib o‘tdi. Levassorning g‘alabasi tasodifiy emas edi bu ixtirochi fransuz avtomobil qurish bo‘yicha birinchilardan bo‘lib, do‘sti Rene Panar bilan uncha katta bo‘lmagan yog‘och ishlab chiqaruvchi stanoklar  fabrikasi bo‘lgan. 1889 yili sherigi bilan Daymlerdan 2 silindrli motor litsenziyasini sotib olishdi. 1890 yilda esa o‘zlarining shaxsiy avtomobil nusxasini ixtiro qilishdi. Keyingi avtomobil 1891 yildan ko‘plab seriyalab chiqarildi u o‘zining mustahkamligi bilan oldingilardan farq qildi. Firmaning avtomobillari poygalarda qatnasha boshladi. Baxtga qarshi 1897 yilda Parij - Marsel poygasi vaqtida avtoxalokatga uchrab xalok bo‘ldi. Parijda uning xotrasiga atab xaykal o‘rnatilgan. Xaykalning tag qismiga “ Men buni qildim 30 km/s. Bu esa aqlsizlik!” Levassorning Parij - Bordo - Parij  poygasining yakunida aytgan so‘zlari yozib qo‘yilgan edi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan