SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Ham olim, ham san’atkor Hojiakbar Hamidov tavallud topgan kun
1949-10-03

Ham olim, ham san’atkor Hojiakbar hamidov tavallud topgan kun.
Hojiakbar Hamidov 1949 yil 3 oktyabrda Toshkent shahrining Do’mbirobod mahallasida dunyoga kelgan. Oila a’zolarining barchasi san’atni yaxshi ko’rishar ekan. Amakilari Muhammadjon va Abduqayumlar xalq qo’shiqlarini yaxshigina ijro etishgan. 6-7 yoshlarida Hojiakbar ularning qo’shiqlarini bolalarga xos zavq va havas bilan tinglar edi. Uning san’atga bo’lgan qiziqishi ayni shu pallalardan boshlangan bo’lsa, ajab emas. H. Hamidov maktabda tashkil etilgan to’garakka qatnashib ashula aytib yurar edi. 1967 yilda Toshkent Davlat pedagogika institutining tarix fakul’tetiga kechki bo’limga o’qishga kirib, 1970 yilda uni muvaffaqiyatli tugatdi. Ish faoliyatini dastlab katta laborant, keyin tadqiqotchi bo’lib davom ettiradi. Kunduzgi aspiranturada tahsil oladi. 1985 yilda esa san’atga oid “O’zbekistonda badiiy havaskorlik san’atining rivojlanishi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib borib nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaydi. Olim – san’atkor xush ovozi bilan xalqimiz qalbidan munosib joy olgan.
Ma’lumot: El sevgan san’atkorlar. “O’zbekiston” 2008.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan