SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2018
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192022232425
262728293031 
Yozuvchi Erkin Malik tavallud topgan kun
1941-08-10

1941 yil 10 avgustda Toshkent viloyatining Yangi yo'l tumanida tavallud topgan. 1964 yili Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining kutubxonashunoslik fakultetini tamomlab, hozirgi «Tong yulduzi» bolalar gazetasida adabiy xodim bo'lib ish boshlagan. Keyinchalik «Yosh kuch», «Turkiston», «Saodat», «Yosh kuch», «G'uncha» gazeta va jurnallarida, shuningdek O'zbekiston radiosi bolalar va o'smirlar muharririyatida ishlagan. Ayni paytda «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyatida bolalar adabiyoti bo'lim mudiri lavozimida faoliyat yuritmoqda. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist. Bolalar yozuvchilari uchun ta'sis etilgan G'afur G'ulom mukofoti laureati. 1986 yildan O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining a'zosi. "Qirq ikki og'ayni" - 1972 yil, "Ular mening do'stlarim" - 1982 yil, "O'qilmagan sahifalar" - 1984 yil, "7«A»da qayta qurish" -1990 yil, "Subhidam hikoyalari" - 2002 yil, "Champo otli ilon" - 2010 yil, "Shaytonvachchaning nayranglari" 1 - 2 kitob - 2008 - 2009 yil, "Ona shahrim - Toshkentim" kabi ajoyib kitoblari chop etilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan