SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91011131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Yozuvchi Erkin A'zam tavallud topgan kun
1930-08-10

Erkin A'zam 1950 yili Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan. 1967 yili tumandagi 1-o'rta maktabni tamomlagan. Shu yili Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o'qishga kirib, uni 1972 yilda tugatgan. Adib avval O'zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), undan so'ng «Guliston» oynomasida bo'lim muharriri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976—1981), qalamini charxladi. 1981 yildan 1986 yilgacha «Yoshlik» jurnaliga ishga o'tib, Erkin Vohidov rahbarligida jurnalning shakllanishiga, o'z muxlisini topishiga jonbozlik ko'rsatdi. Proza bo'limini boshqargan yosh adib o'z ijodi takomili bilan birga yangi talantli ijodkorlarning paydo bo'lib, oyoqqa turishida munosib hissa qo'shdi. 1986—1992 yillar davomida ijodkor G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida ko'p jildli asarlar tahririyatiga mudirlik qilib, atoqli o'zbek adiblari asarlari, saylanmalarini chop etishda o'zining munosib hissasini qo'shdi. Erkin A'zam bugungi kunda O'zbekioton respublikasi milliy Axborot agentligi Bosh direktorining birinchi muovini vazifasida xizmat qilmoqda. Adibning ilk hikoyasi uning o'quvchilik yillarida yaratilgan, viloyat ro'znomasida bosilgan. Biroq talabchan ijodkor universitetni tugallagandan keyin ham ancha yillar kitob chop ettirishga shoshilmadi. 1977 yilda Erkin A'zamning «Chiroqdar o'chmagan kecha» nomli hikoyalar to'plami bosilib chiqdi. Bu mo'jaz kitobcha o'quvchilarga o'zbek adabiyotida yangi bir iste'dodli hikoyanavis dunyoga kelganligidan xabar berdi. Ushbu asarda yoshlik, talabalik yillari olovli kechinmalari katta samimiyat, ilhom bilan yoritilgan bo'lib, hikoya uslubi o'z jozibasi bilan o'quvchini sehrlab oldi. 1981 yilda chop etilgan «Otoyining tug'ilgan yili» qissa va hikoyalar to'plami kitobxon ishonchini mustahkamladi. Birinchi kichik qissasi bilan adib o'zining lirik tasvir uslubidan tashqari hayotiy, serzavq, yumoristik badiiy ifodaga moyilligini ham namoyish qildi. Shundan so'ng iste'dodli adibning «Olam yamyashil» (1984), «Javob» (1987), «Bayramdan boshqa kunlar» (1989), «Mir ves v svetax» (1989) kabi bir qator qissa va hikoyalar to'plamlari bosmadan chiqdi. Bu asarlarda zamondoshlarimiz hayotidan hikoya qilinib, axloq, e'tiqod, burch, oddiy iisoniy munosabatlar o'ziga xos uslubda badiiy aks ettiriladi. Erkin A'zam prozasi Abdulla Qahhor, Shukur Xolmirzayev ijodiy namunalari kabi lo'nda va to'la ifodasi, shafqasiz realizmi va professional mahorati bilan boshqa yozuvchilar asarlaridan keskin ajralib turadi. Erkin A'zam hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulg'or, chex tillariga tarjima qilingan. Adibning o'zi ham o'zga xalqlar adiblari asarlarini rus tilidan o'zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Yozuvchi 1982 yilda respublikamiz Yoshlar Ittifoqi mukofotiga sazovor bo'lgan. Adibning «Anoyining jaydari olmasi» hikoyasi asosida badiiy film suratga olingan. Hikoyalari radiopostanovka qmlangan Erkin A'zam ayni ijodiy kamolat yoshida ilhom bilan ijod qilmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan