SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
Tailandda Ilm kuni
0000-08-18

Janubiy-Sharqiy Osiyoning davlati hisoblangan, Indokitay va Malakka yarimorolida joylashgan Tailandda 18 avgust kuni milliy bayram- ilm kuni nishonlanadi. Bayramning sanasi shunchaki o’ylab topilmagan. 1868 yilda Qirol Mongkut quyosh tutilishini kuzatgan va mana shu sanada bashoratlar qilgan. Shundan so’bg davlat boshqaruvi tomonidan har yili 18 avgust ilm olish, o’qish bayrami bo’lib nishonlanadi. Davlatning nomlanishi “Txay” so’zidan olingan bo’lib, “ozodlik” degan ma’noni bildiradi. Bu nom to’liq o’zini oqlay oladi. Chunki Janubiy-Sharqiy Osiyoning yagona davlati hisoblangan Tailandda hech qachon qamoqxonalar bo’lmagan. Tailand xalqi ilmni, olimlarni hamma vaqt qadrlaganlar. Yigirmanchi asrda Tailand madaniyatining mashhur namoyondalaridan biri Damrong Ratchanybab Tailandda zamonaviy ta’lim tizimiga asos solgan. Bundan tashqari u yuqori mavqega ega bo’lgan tarixchi va Tailandning yuqori tabaqali kishilaridan biri bo’lgan.  Tailandda Ta’lim va Ilmga befarq qaralmasligi bejizga emas. Ma’lumki, Monarxiya  avlodining davomchisi, malika  Chulabxorn ham ilmli bo’lgan. U ko’p yillar davomida onkologik kasalliklarning kelib chiqishi va o’sishi, atrof-muhitni havfga solayotgan savollar bilan shug’ullangan. Malika organic kimyo sohasida doktorlik darajasini olgan, bundan tashqari Tabiatni asrash va himoya qilish fondining  a’zolaridan hisoblanadi. Olimlik darajasi- Davlatning asosiy boyligi hamda yutuqlardan biri hisoblanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan