SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
AQShda milliy komikslar kuni
0000-09-25

25 sentyabr AQShda milliy komikslar kuni.
Komikslar chizilgan adabiyot janri bo’lib, u rivojlangan davlatlarda kitob madaniyatining bir qismi va daromadli sohaga aylangan. Har yili 25 sentyabrda amerikaliklar va boshqa komiks muxlislari milliy komikslar kunini nishonlashadi.
Bu kunda komiks magazinlari sotib olingan komikslarni tashlab yubormaslikka chaqirishadi, chunki eng oddiy komiks ham yillar o’tib, kamyob va bebahoga aylanib, eng salobatli kolleksiyani ham bezatishi mumkin.
Qizig’i shundaki, Amerika komikslarning vatani emas. Komiks Yevropaliklarning ixtirosi. Ammo shuni aytish kerakki, qisqa yozuvli rasmlar qadimdan ma’lum. Buning ustiga “Komiks” tushunchasi anglo – amerika so’z boyligi (lo’g’ati) dagina mavjud. 
Mutaxassislar komiks asoschilari deb quyidagi san’at arboblarini aytib o’tishadi. 18 asrda ingliz rassomi Uil’yam Xogart (1697-1764) dramatik hikoyani rasm tarzida tasvirlagan. Nemis shoiri Vil’gel’m Bush (1832-1908) o’z she’rlarini rasmlar bilan boyitgan. 
1892 yilda AQShning Sunday Nev York World gazetasi “Ayiqchalar va yo’lbars” nomli 1-amerika komiksi bosib chiqarildi. Bu komiksning muallifi rassom Richard Sutkault hisoblanadi. 1920-1930- yillardan AQShda “Komikslarning oltin asri” boshlandi. Komikslar ommaviy madaniyatning ajralmas qismiga aylanib, uning janrlari ko’paymoqda – fantastika, detektiv va super qahramonlar kabi keyinchalik komikslarning mashhur qahramonlari “O’rdakcha Donal’d” va “Mikki Maus yaratildi.
Zamonaviy komiks mavzulari inson hayotining barcha lavhalarini yoritib beradi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan