SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Bunyodkor shoxko'chasi ochilgan kun
2008-08-01

Bunyodkor shohko’chasi -asosan Chilonzor tumani hududida, O’zbekiston ko’cha bilan Katta halqa yo’li oralig’ida. Uzunligi 8 km atrofida. 2008 yil 1 avgustdan “Bunyodkor shohko’chasi” deb yuritiladi. (1966-2008 yillarda “Хalqlar do’stligi shohko’chasi” deb atalgan). Mustaqillik yillarida Bunyodkor shohko’chasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi: Oliy majlis Qonunchilik palatasi qurildi.  O’zbekiston milliy bog’i barpo qilindi, Oqtepa kanali ustidan o’tgan ko’prik ta'mirdan chiqarildi, “Olmazor” metro bekati yaqinida yo’lo’tkazgich ko’prik qisqa fursatda qurilib, foydalanishga topshirildi, chilonzor buyum bozori qurildi, unga yondosh ko’cha qismi kengaytirildi va ko’kalamzorlashtirildi. 19 avgustda Bunyodkor shohko’chasi o’rnidagi yo’l Beshyog’och dahasi tarkibida bo’lgan va tashqaridan Toshkent markaziga kirib kelinadigan asosiy yo’llardan biri hisoblangan. Keyinchalik Chilonzor tumani xududini shahar mavzesiga bog’laydigan asosiy ko’cha bo’lib qoldi. Ko’cha ikki bosqichda qurilgan. Muqimiy ko’chasmdan katta xalqa yo’ligacha bo’lgan birinchi qismi 1966 yilgacha, Muqimiy kochasidan O’zbekiston ko’chasigacha bo’lgan ikkinchi qismi 1968 yildan boshlab qurilgan. 1972 -77 yilda ko’cha yaqinidan metro yo’li o’tishi munosabati bilan ta'mirlandi. 1981 yilda ushbu ko’chani Furqat ko’cha bilan bog’laydigan yer osti yo’li bunyod etildi. 2006 yil 22 avgustda kichik halqa yo’li kesishmasida eni 30 m, uzunligi 374 m, balandligi 7,5 m bo’lgan yangi ko'prik foydalanishga topshirildi. Bunyodkor shohko’chasi yo’nalishida yuqorida sanab o’tilgan inshootlardan tashqari 9 qavatli turar joy binolari, shifo maskanlari, banklar, maishiy xizmat ko’rsatish va savdo shoxobchalari, “Istiqlol” sa'nat saroyi, G’afur G’ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog’i, “Xamza”, “chilonzor” va “Olmazor” metro bekatlari joylashgan.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan