SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
91011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Bunyodkor terma jamoasi tashkil topgan kun
2008-08-11

“Bunyodkor” -futbol klubi (Cho’lponota ko’chasi 81 uy. 2005 yildan Toshkent shahrida “Neftgazmontaj -Quruvchi nomi bilan tashkil etildi. 2006 yil “Quruvchi”nomi bilan O’zbekiston birinchiligida g’olib chiqib, oliy ligaga yo’llanma oldi. 2007 yilda O’zbekiston chempionatida 2-o’rin egallab, O’zbekiston kubogi musobaqalari finalchisi bo’ldi. 2008 yil 11 avgustdan “Bunyodkor” deb ataldi. 2007-08 yilarda Mirjalol Qosimov, 2008 yil sentyabr dekabr oylarida braziliyalik futbolchi Ziko bosh murabiylik qilgan. Klubning bosh murabbiylari Amet Memet (2009y fevraldan 10 martdan texnik direktor), Hikmat Ergashev (2009yil 10 martdan). 2009 yil 1 iyuldan klub bosh murabbiyi braziliyalik mutaxassis Luiz Felipe Skolari. Klub tarkibida Server Jeparov, Temur Kopadze, Azizbek Haydarov, Ulug’bek Baqoyev kabi mahoratli futbolchilar o’ynaydi. 2008 yil klubga chililik Xose Luis Vilyanueva,  braziliyalik Rivaldo Vitor Borba Ferreyra kelib qo’shildi. 2008 yilda “Bunyodkor” O’zbekiston kubogi sohibi va O’zbekiston chempioni bo’ldi. Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi bilan hamkorlik shartnomasini tuzib, mamlakatimizda futbolni yanada ommalashtirish borasida ibratli ishlarni amalga oshirib kelyapti. “Bunyodkor”ning bolalar-o’smirlar futbol maktabi bor.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan