SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
222324252627
28293031   
O'zbek milliy ijrochilik san'ati an'analarining mohir namoyandasi Hasan Rajabiy tavallud topgan kun
1942-07-22

O'zbek milliy ijrochilik san'ati an'analarining mohir namoyandasi, milliy musiqiy san'atimizning jonkuyar targ'i-botchisi, fidoyisi, el sevgan hofiz va sozanda, O'zbekiston xalq hofizi, O'zbekiston Respublikasi Badiiy Akademiyasi, San'atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining faxriy doktori Hasan Rajabiy — 1942 yil 22 iyulda, Toshkent shahrida benazir bastakor, sozanda va hofiz, milliy musiqamizning ulkan xazinaboni, O'zbekiston xalq artisti, akademik Yunus Rajabiy oilasida dunyoga keldi. Ularning fayzli xonadoni kompozitorlar, ajoyib bastakorlar, usta sozanda va hofizlar, shoirlar, yozuvchilar, san'atkorlar doimo gavjum buladigan joyga aylangan edi. Bu uy xonalari birining to'ridan dutor, tanbur, nay, rubob, doyra joy olgan edi. Mana shu muhit Hasan Rajabiyda musiqa san'atiga katta qiziqish uygotdi. Ustoz san'atkorlarning cholg'u sozlaridagi ijrolari hofizlarning yangroq go'zal ovozlari uni maftun etib, yolg’iz qolganda turli sozlarda chalib ovozi charchaguncha ashula aytar edi. Yillar utib uning musiqaga qiziqishi orta bordi. Negadir bu qiziqishini u otasidan yashirib kelardi. Otasi buni sezgan bo'lsa ham, negadir o'g'lini shu sohaga undagisi kelmas edi. Kunduzi maktab kutubxonasida ishladi. Ammo mo'siqaga bo'lgan mehri uni tinch qo'ymadi. Shuning uchun talabalik yillarining 3 kursi boshlanishidan oldin, otasidan so'rab o'tirmay, maktabdagi ishidan voz kechib, Hamza nomidagi musiqiy bilim yurtining xalq cholg'u bo'limiga. Tanbur mutaxassisligi bo'yicha o'qishning kunduzgi bo'limiga imtihonni yaxshi topshirib birakay ikkala ilm dargohlarida o'qiy boshladi va 1967 yili bularni muvaffaqiyatli tugatdi. Talabalik yillaridayoq radio va televidenie orqali o'z san'atini namoyish eta boshladi. O'zining sevimli sozi — tanburni elektrlashtirib ovozini kuchaytirib xalq cholgu orkestri jo'rligida kuylar ijro etdi. Ustozlari bilan O'zbekiston Davlat  filarmoniyasi orkestriga solist sifatida qabul qilinib 40 dan ortiq katta shaharlarda gastrollarda bo'lib, tanburi bilan katta muvaffaqiyat qozondi, olqishlarga sazovor bo'ldi. Shu bilan birga xalq urtasida, televidenie orqali o'z sozi jo'rligida o'z ashula ijrolari bilan kurinib el orasida xofiz sifatida ham tanila boshladi. O'qishlari tugagach Hasan Rajabiy Hamza nomidagi san'atshunoslik ilmiy tadqikod institutining musiqa bo'limida ilmiy xodim vazifasida ishlay boshladi. Respublika matbuotida o'zining dolzarb maqolalari bilan chiqdi. «Bilim» jamiyatida uning «She'riyat va musiqa»nomli risolasi chop etildi. Otasi, akademik Yunus Rajabiyning sunggi 12-jild: «Musiqa merosimizga bir nazar» nomli kitobi nashr ettirilishida faol qatnashdi. Keyinchalik musiqaning sehri uni otasi O'zbekiston teleradiosida tashkil etilgan maqomchilar ansambliga etakladi va u avval sozanda, so'ng xofizlik lavozimida butun kuchini berib ishlay boshladi. Ham cholg'uchilar ansambli bilan, ham hofizlar qatorida ashulalar aytib, yakkaxon hofiz sifatida ham el o'rtasida ota o'g'il sifatida tanilib qoldi. Chunki uning ovoz tembri xuddi otasining ovozini o'zginasi edi. Keyinchalik nafaqat otasining, boshqa ustoz hofizlarning eng nozik qochirimlari ham uning ovozida maftunkor ta'sirli yangray boshladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan