“Talabalar kuni” bayrami
2005-01-25

25 yanvar- Rossiyada “Talabalar kuni” bayrami.
25 yanvar- Rossiyada talabalar kuni, talaba o‘quv jarayonidan dam olishdek imkoniyatni hech qachon qo‘ldan chiqarmaydi. Rossiyada 25 yanvarda nishonlanadigan Talabalar kunini bilmaydigan va uni nishonlamaydigan talaba bo‘lmasa kerak. Rossiya Prezidentining 2005 yil 25 yanvardagi farmoniga ko‘ra “Тalabalar kuni”ni rasman rossiyalik talabalarning “kasb” bayrami sifatida joriy etildi. Avvallari bu kun Moskva universitetining tashkil etilishi kuni edi. Boshida bu bayram faqatgina Moskvada va juda dabdabali nishonlanar edi. Bu bayramning bo‘lib o‘tishiga guvoh bo‘lganlarning aytishicha, talabalar bayramini har yili nishonlanishi Moskva uchun haqiqiy hodisa edi. Bayram ikki qismdan iborat edi: Moskva universitetida bo‘lib o‘tadigan oz davom etadigan tantanali marosim va butun poytaxt ishtirokidagi xalq sayllari. 18-19 asrlarda bu bayram universitetniki bo‘lgan, keyinchalik esa o‘quv yilining yakunlanishi, talabalar turli mukofotlar bilan taqdirlanishlar munosabati bilan o‘tkaziladigan kechalar qo‘shilgani uchun talabalarnikiga aylangan. Shuningdek, bu bayram talabalarning ta’tillari boshlanishiga to‘g‘ri kelgani uchun, aynan shu kun talabalar o‘rtasida juda quvnoq nishonlanadi.Bayram nishonlanishining tarixiy ildizlari juda qadim bo‘lishiga qaramay, hozirgi 21-asrda ham uning nishonlanishi saqlanib qolgan.