SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2017
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425262729
30      
Tailandda «Bolalar kuni» bayrami
0000-01-11

11 yanvar – Tailandda «Bolalar kuni» bayrami
Tailandda «Bolalar kuni» bayrami yanvar oyining ikkinchi shanbasi kunida -  11 yanvar ( 2014 yil uchun sana) nishonlanadi.  1 iyunda nishonlanadigan  Xalqaro bolalar kunidan tashqari, Tailandda “Bolalar kuni” yanvar oyining ikkinchi shanba kunida nishonlanadi. Tailandda bolalar mamlakatning eng qimmat  boyligi  hisoblanadi. Bolalar – millat kelajagi, agar bolalar zakovatli bo‘lib ulg‘aysa, mamlakat ham rivojlanadi,  degan fikrni tayliklar bildiradilar. Bu bayramni joriy qilishdan maqsad - har bir taylik  ongida bolalarning  mamlakatda eng muhim rol o‘ynashini ko‘rsatishdir. Birinchi marta  bu bayram “Milliy bolalar kuni” bayrami sifatida 1955 yil oktabr oyining birinchi dushanba kunida nishonlangan. 1963 yilgacha  bu bayram oktyabrda o‘tkazilgan, keyinchalik yanvar oyining  ikkinchi shanba kuniga ko‘chirilgan. Tailandda ham , barcha rivojlangan mamlakatlardagi singari, bolalarga bo‘lgan munosabat -  g‘oyatda zavqlantiruvchi, so‘z bilan ta’riflanmaydigan darajada. Shuning uchun .bu bayram doimo quvonch va shodlik keltiradi. Ko‘pchilik tashkilotlar bu kuni barcha yoshdagi bolalar uchun bayram tadbirlarini tashkil qiladilar. Deyarli hamma o‘yin-kulgular va tomoshalar  barcha kira oladigan tekin yoki yarim narxlarda bo‘ladi. Tailandda barcha bayramlar qaysi sanaga bag‘ishlanganligiga qarab , yorqin karnaval, tantanali yurishlar  yoki festival tariqasida o‘tkaziladi. “Bolalar kuni”  bayrami Tailandning barcha ko‘chalari bo‘ylab yoyilib, ertaklar mamlakatiga aylanadi. Bundan tashqari bu kuni butun mamlakat bo‘yicha  bolalar uchun hayriya konsertlari, maktab jamoalarining chiqishlari, karnavallar, mushakbozlik va ko‘chalarda yarmarkalar tashkil qilinadi.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan