Tailandda “O‘qituvchilar kuni” bayrami
1957-01-16

16 yanvar –Tailandda “O‘qituvchilar kuni” bayrami
(1957 yildan nishonlanadi)
Tailandda 16 yanvar - “O‘qituvchilar kuni” bayramida barcha o‘quvchilar o‘qituvchilarini tabriklaydilar. 1956 yilda Tailand feldmarshali premer-ministri P.Pibulsongkram g‘oyasi bo‘yicha ta’lim sohasidagi kasbiy bayram – “O‘qituvchilar kuni” joriy etildi. Tailandning barcha o‘qituvchilariga tabrik so‘zida Pibulsongkram shunday degan: “O‘qituvchilar bizning hayotimizga nur olib kiruvchi insonlardir. Ularning albatta bayram kuni bo‘lishi kerak,bu kuni o‘quvchilar ustozlarini tabriklab, ularga minnatdorchilik bildiradilar.O‘qituvchilar - har bir insonning hayotida uning ota-onasidan keyin turadigan muhim va qadrli o‘rinni egallaydigan zotlardir”. Shundan so‘ng, 1956 yil 21 noyabrda mamlakatda har yili 16 yanvar - “O‘qituvchilar kuni” bayramini nishonlash qonuniy joriy qilindi. Birinchi marta bu kasbiy bayram 1957 yil 16 yanvarda nishonlangan. Shundan buyon, barcha ta’lim sohasiga aloqasi bo‘lganlar bu bayramni nishonlaydilar. “O‘qituvchilar kuni” – haqiqatan ham umumxalq, sevimli va ehtiroslarga boy bayramdir. Bu kuni o‘quvchilar murabbiylariga gullar va sovg‘alar taqdim etadilar, ularni sharaflab qo‘shiqlar kuylaydilar, ular uchun sho‘x bayramlar tashkil qiladilar.