
1975 yilning 29 iyulida Buxoroda tugilgan. Sambo
bo'yicha to'rt karra Osiyo chempioni, Jahon universiadasi g`olibi, jahon kubogi
sohibi, jahon chempioni. Milliy kurash bo'yicha jahon chempioni. “O'zbekiston
iftixori" faxriy unvoni hamda "O'zbekiston belgisi" ko'krak
nishoni bilan taqdirlangan. Sambo
bo’yicha ikki karra jahon chempioni Sobir Qurbonov o'g'li Akobirda yoshligidan
kurash va samboga qiziqish uyg'otdi. Yosh Akobir 1995 yili yulduzli onlarni boshdan kechirdi. Chunki u
yoshlar urtasida Osiyo chempioni (Bishkek), Novi-Sodda Jahon universiadasi g'olibi
va Sofiyada jahon chempioni bo’ldi. Ayniqsa, Sofiyadagi kurashi diqqatga
sazovor, u jaroxatlanganiga qaramasdan chidam bilan oxirigacha kurashdi va
shohsupaning eng yuksak pog'onasidan joy oldi. 1997 yili Akobir Ulan-Batorda kattalar o'rtasida Osiyo chempionatida
birinchi o'rinni egalladi. Rossiyaning Kstova shahrida esa jahon kubogini
qo'lga kiritdi. 1998 yili Toshkentda, 1999 yili Singapurda bulgan Osiyo
chempionatlarida unga bas keladigan raqib topilmadi. Kurash turlari mohiyatan
bir-biriga yaqin. Shu bois Akobir sambodan tashqari, dzyudo va milliy kurash
bo'yicha ham mamlakat chempionatlarida g`alaba qozongan. Ayniqsa, uning milliy
kurash bo'yicha Toshkentda o'tkazilgan birinchi jahon chempionatidagi g'alabasi
mamlakatimiz sport tarixiga zarhal harflar bilan yozildi. O'shanda buxorolik
polvon biri biridan chiroyli usullar qo'llab, raqiblarini mag'lub etdi, xorijlik
mutaxassislar dilida milliy kurashimizga nisbatan katta qiziqish uyg'otdi. Akobir Qurbonovning niyati
milliy kurash bo'yicha ikkinchi bor jahon chempioni bo'lish.