SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Aktrisa Samida Xolmatova tavallud topgan kun
1963-08-20

Samida Xolmatova 1963 yil 20 avgustda O'sh viloyatining Navqat tumanida tug'ilgan. 1982 yilda Toshkent davlat san'at institutining musiqali drama fakultetiga o'qishga kirdi. 1987 yilda institutni muvaffaqiyatli tugatib, o'zi ishlayotgan O'sh viloyatidagi Bobur nomli o'zbek davlat akademik drama teatriga ishga boradi. Mazkur dargohda qator obrazlar yaratadi. Shulardan Abdulla Oripovning «Jannatga yo’l» asarida Hurqiz, «Ravshan va Zulxumor»da Oyqiz, O'lmas Umarbekovning «Yer yonganda» asarida Oydin, O'tkir Hoshimovning «To'ylar muborak» asarida Madina, «Nodira» spektaklida Uvaysiyning yoshligini ijro etadi. Teatrda rollar ijro etish bilan birga ko'pgina xalqona va bastakorlar yaratgan qo'shiqlarni ijro etib, respublika radiosining oltin fondiga o'zining 30 dan ortiq qo'shiqlarni yozdirish baxtiga muyassar bo'ladi. Samidaxon Xolmatova oilada mehribon ona. Turmush o'rtog'i Olimjon aka Xo’jayev bilan 2 farzandni tarbiyalab, shirin hayot kechirib kelmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan