SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Mashhur fransuz rassomi David Jak Lui tavallud topgan kun
1748-08-30

Inqilobiy klassitsizmning yetakchi namoyondasi David Jak Lui 1748-yil 30-avgust kuni Parijda dunyoga keladi. U 1766-1774-yillarda Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik akademiyasida, 1784-yildan esa akademik bo’lib, 1775-1780-yillarda Rimda ta’lim olgan. 1789-yil “Liktorlar Brutga uning o’g’li jasadini keltirmoqdalar”, 1784-yil “Goratsiylar qasamyodi” va boshqa asarlarida qadimiy tarixiy mavzulardagi asarlarida klassitsizm xususiyatlari ko’zga tashlanadi. 1789-1794-yillarda ulug’ fransuz inqilobida faol qatnashgan, yakobinchilar Konventi a’zosi bo’lgan. Qahramon zamondoshlari qiyofasini aks ettirgan asarlar yaratgan. 1791-yil “To’p o’ynaydigan zalda qasamyod”, 1793-yil “Maratning o’limi” va boshqalar shular jumlasidandir. Termidorianlar to’ntarishdan so’ng inqilobiy harakatdan chetlashdi. Direktoriya yillari, keyinroq Imperiyada David Napoleonning birinchi rassomi bo’lgan. Ko’rinishda yoqimli, tantanovor (saroybop) asarlar  1800-yil “Napoleon Sen Bernarddan o’tishda, 1805-1807-yillar “Napoleonning Jozefinaga toj kiydirilishi” va boshqa asarlar, o’ta nafis portretlar 1800-yil “Madam Rekame” va boshqa asarlarni yaratdi. Ayni paytda realistik portretlar ham dunyoga keldi 1816-yil “Grendl oilasidan o’smir portreti” va boshqa asarlari shular jumlasidan. Burbonlar hokimiyatiga qatnashi bilan Bryusselga ketadi. Mashhur fransuz rassomi 1825-yil 29-dekabr kuni Bryusselda vafot etadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Toshkent. 2002.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan