SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Evin Lend “Rolfroid”kamerasini patentlagan kun
1970-06-17

1937 yilda Kembrijda (shtat Massachusets) amerikalik optik-olim Edvid Lend “Poloroid Corporation” optik texnika ishlab chiqaruvchi kompaniyani ishga tushirdi. Ikkinchi jahon urushi davrida Lendning ixtirosiga ehtiyoj juda katta bo’lgan. Kompaniya harbiy optika asboblaridan: qorong’ida ko’ruvchi asboblar, durbin va binokllar ishlab chiqargan. 1946 yilda Lend fotoapparat ishlab chiqarish ustida ishlay boshladi. Unda fotosyomka va fotosur'atni chiqarib berish jarayoni bir vaqtning o’zida bo’lgan. 1947 yil ixtirochi birinchi fotoapparatini namoyish qildi, unda butun fotosura'tni chiqarish jarayoniga 60 sekund vaqt ketgan. 1948 yilda Boston univermagida “Polaroid Land-95” modeli birinchi bor sotuvga chiqdi. Fotoapparatning birinchi partiyasi 90 dollardan bir kunning o’zida sotildi.1963 yilda “Palaroid”ning” “bir zumda” rangli fotosur'at chiqaruvchi modelini chiqardi. 17 iyun 1970 yilda Edvin Dend  cho’ntakda olib yuruvchi avtomatik “Polaroid SX 70” kamerasini patentladi. U ikki yildan keyin savdoga chiqdi. Unda fotograf kasetani zaryadkalab, ob'yektivga to’g’irlab, knopkasini bossa bir minutdan so’ng fotosur'at tayyor bo’lgan. Gollivud kinoyulduzlari ishtirokidagi reklama kompaniyasining ahamiyati bozorda shu apparatning taraqqiy etishida katta o’rin egalladi. Ixtirochining  portreti esa mashhur amerika jurnali “Life”ning muqovasini bezadi. Natijada bunday katta hajmdagi kameralarning sotilishi “Paloroid” kompaniyasining aksiyasini 90 barobar oshishiga olib keldi, kompaniya esa Amerikaning muvaffaqiyatli 50 ta kompaniyaning ro’hatiga kirdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan