SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
101112131415
17181920212223
24252627282930
31      
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi Olim Usmon tavallud topgan kun
1912-12-31

Olim Usmon (taxallusi; asl ism-sharifi Usmonov Olim; 1912.31.12, Jalolobod-1989.20.9, Toshkent)-tilshunos olim, lug’atshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973). Nizomiy nomidagi Pedagogika inistitutini tugatgan (1940). O’zbekiston Davlat nashriyotida dastlab muharir, keyin bo’lim mudiri (1932-1935), O’zFAN Til va adabiyot inistitutida ilmiy xodim (1935-1938), O’zFAN nashriyoti direktori (1938-1942), Davlat radioeshittirish qo’mitasi raisi o’rinbosari (1944-1946). O’zbekiston fan Til va adabiyot inistitutining lug’at (1946-1953), til tarixi (1958-1965), terminalogiya bo’limlariga rahbarlik qilgan (1965-1984). Toshkent universteti filalogiya fakultetining dotsent (1954-1958). Alisher Navoiyning “Muhomakat ul-lug’atayn” asari haqida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. “O’zbek tili grammatikasi (Fonetika va mor-Fologiya)” (hamkorlikda, 1938), “O’zbek tilining imlo lug’ati” (1949) singari darslik va o’quv qo’llanmalarini elon qilgan. 5-jildli “Ruscha-o’zbekcha lug’at” (1956), “Internatsional so’zlar lug’ati” (1959, 1962), “Qisqacha ruscha-o’zbekcha lug’at” (1961), “Ruscha-internatsional o’zlashtirma so’zlar izohli lug’at” (1961), “Ruscha-internatsional o’zlashtirma so’zlar izohli lug’at” (1965, 1972), “Ijtimoiy-siyosiy terminlar lug’ati” (1976) kabi kitoblarning yaratilishida ishtirok etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan