SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Saqich (zvachka) ixtiro qilingan kun
1848-09-23

Bundan 166 yil oldin ya’ni 1848 yilda saqich ixtiro qilingan. Saqich shirinlikning bir turi bo’lib, bu ixtiro muallifi Jon Kurtisdir. Eng qadimgi saqich turi eramizdan avvalgi 7-2 asrlarga tegishli bo’lib, u Shimoliy Yevropadagi qazish ishlarida topilgan. U qora quyuq moddali yelim ko’rinishida odam tishlarining izi saqlanib qolgan. Qadimgi greklar mastika daraxtining (yelimini) shirasini chaynashgan. Mayya hindulari bo’lsa bundan ming yillar avval tishlarni tozalash maqsadida sapodilla daraxtining qotib qolgan shirasidan foydalangan. Janubiy Amerikada esa Mayyaning zamondoshlari ignabarg (xvoya) daraxtining qotib qolgan shirasini chaynashgan. Bu odatni ularda oq tanli ko’chmanchilar o’rganib, ignabarg daraxti shirasi va asalari mumidan saqich yaratib chaynashgan. 1848 yilda amerikalik Djon Kurtis qarag’ay (sosna) daraxtidan saqich ishlab chiqarishni yo’lga qo’ydi. Keyinchalik Kurtis o’z maxsulotiga parafinli xushbo’y hid beruvchi moddalarni qo’shishni boshladi. Asta-sekin ishlab chiqarish kengaysada, qotib qolgan yelim (smola) tarkibidagi aralashmalarni  yo’qotish qiyin bo’lgani sababli saqichlarni sotish hajmi past edi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan