SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
181920212223
24252627282930
Fizik Davronbek Matrasulov tavallud topgan kun
1971-07-08

Davronbek Matrasulov 1971 yilning 8 iyulida Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida tug'ilgan. U nomzodlik dissertasiyasi himoyasisiz doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. Fizika-matematika fanlari doktori. Yosh olim nafaqat respublikamizda, balki xorijda ham elementar zarralar fizikasi va nochiziqli relyativistik fizika sohasida yirik mutaxassis sifatida e'tirof etilgan. Davronbek Matrasulov O'zbekiston Milliy universitetining fizika fakultetida ta'lim olgan. O'sha yillardayoq nazariy fizika bilan izchil shug'ullangan. Birinchi ilmiy ishi Dirak tenglamasining chekli elektrik dipol potensialini yechishga bagishlangan edi, bu masalaning echimini topib, ilmiy ishini e'lon qilganida Davronbek IV bosqich talabasi bo'lgan. Yosh olim elementar zarralar fizikasi, atom fizikasi, molekulyar fizika, og'ir ionlar fizikasi, relyativistik sistemalardagi nochiziqli jarayonlar, relyativistik to'lqin tenglamalar spektral nazariyasi kabi sohalarda qator yirik ilmiy natijalar olishga muvaffaq bo'ldi. Davronbek Matrasulovning og'ir adronlar spektroskopiyasi sohasida olgan nazariy natijalari Yevropa yadro tadqiqotlari markazi (SERN)da o'tkaziladigan turkum eksperimentlarda tavsiya sifatida foydalanilmoqda. Davronbek Matrasulovning ellikdan ortiq ilmiy ishining aksariyati xorijdagi yetakchi ilmiy jurnallarda chop etilgan. Ayni paytda u O'zbekiston Fanlar akademiyasi Issiqlik fizikasi bulimining Istiqbolli tadqiqotlar laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan