SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Londonda ilk bor mushuklar ko'rgazmasi o'tkazilgan kun
1871-07-13

1871 yil 13 iyul kuni Londondagi chinni saroyda  ilk bor mushuklar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmani mashhur illustrator va mushuklarni yaxshi biladigan Garrison Heyr tashkil etdi. Heyr ko’rgazma qonun-qoidalarni, reklamasini ishlab chiqdi. Ko’rgazmada 170 ta mushuklar hamda Shotlandiyalik nogiron yovvoyi mushuk qatnashdi. Heyr, uning ukasi John va biolog John Makdoland hay’at a’zolari bo’ldilar. Ko’rgazmaning ertasiga London gazetalari ko’rgazma muvaffaqqiyati haqida chop etishdi, va mushuklarning rasmini ham chiqarishdi. 1887 yilda Angliyada mushuklarni sevuvchilar uchun birinchi klub ochilgan. U “Mushuklar sevuvchilar milliy klubi” deb nomlanadi. Keyinchalik esa “Xalqaro mushuklarni sevuvchilar federatsiyasi” deb nomlangan Yevropa tashkiloti tashkil etgan. 1987 yildan bunday an’ana Rossiyani ham qamrab oldi. Hozirgi kunda faqatgina Moskvada o’nlab klublar bor, butun jahonda esa yuzlab klublarni sanashimiz mumkin. Ushbu klublarda mushuklarni o’rganishadi, ro’yxatdan o’tkazishadi, ko’rgazmalar tashkil etishadi va eng chiroyli hayvonlarni taqdirlaydilar.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan