SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
      1
234578
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
Gamburger yaratilgan kun
1900-07-27

Biz bilamizki, Gamburger Amerikaning mashhur taomi hisoblanadi. 27 iyul 1900 yil amerikalik oziq-ovqat sotuvchisi Lui Lessing o’zining ona shahri Nyu-Heyvenda ilk gamburgerni sotgan. Aynan shu sotuvchi ikki dumaloq bulochkalarning orasiga an’anaviy nemis bifshteksini qo’yadi va sous, salat bargi bilan bezaydi. Gamburgerning aynan shunday ko’rinishi yangi hayotning oziq-ovqatlari belgisiga aylandi. 1904 yilda Sent-Luisda o’tkazilgan Butun jahon ko’rgazmasida Gamburgerlar yuqori mashhurlikni qo’lga kiritdilar. Biroq o’ttiz yil davomida amerikaliklar xot-doglarni, qovurilgan tovuqlarni va Italiya pitsasini hush ko’rganlar. 1930 yilda Uolter Anderson tomonidan gamburgerlar ovqatlanish taomnomasiga asosiy ovqat sifatida kiritildi. Wimpy Grills deb nomlangan kafeda gamburgerlar omadi yurishdi. Tez iste’mol qilish taomi mashhur bo’ldi. Gamburgerlarni arzon narxlarda sotishni boshladilar. Gamburgerlar tayyorlanishi tezlandi. Kafelarda har bir xaridor uchun 1 minutdan gamburger tayyorlandi. 1948 yilda gamburgerlarning eng omadli, biznes tarixi boshlandi. Koleforniya shahri San-Bernardinoda sutli kokteyllar aralashtiradigan mashina ixtirochisi Rey Krok va aka-uka Makdonaldlar uchrashib qolishadi. McDonald’s gamburgerlari shu tarzda paydo bo’lgan. Gamburgerlarni oddiy ovqatlanish joylarida va  restoranlarda ham iste’mol qilish mumkin. Gamburgerlarning mashhurligiga yana bir misol keltirib o’tamiz. Rossiya Prezidentining vaqtinchalik o’rnini egallagan Dmitriy Medvedevning Amerikaga tashrifida Amerika Prezidenti Barak Obama Dmitriy Medvedevni nonushtaga gamburger bilan mehmon qilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan