SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819212223
24252627282930
Los- Andjelesning tog’ tepaligida “Hollywood” mashhur yozuvi paydo bo’lgan
1923-07-13

1923 yil 13 iyulda Mauntli tog’larida, Kaliforniya tepaligida Hollywood yozuvi paydo bo’ldi.  Ilk bor yozuv “Hollywoodland” deb yozilgan. Yangi iste’qomat qilinadigan rayonning reklamasi hisoblangan va kino sanoatiga hech qanday aloqasi bo’lmagan. Biroq tez orada sayohatchilarni o’ziga jalb qilgan. Ushbu yozuv buyurtmachisi “Los-Andjeles tayms” nashriyotchisi Garri Chandlerga 21 ming dollarga tushgan. “Hollywoodland” so’zi kechalari elektr lampochkalari bilan yoritilib turardi, kunduzlari esa oq harflar 46 km oralig’da ko’rinib turardi. “Hollywoodland” ni reklama qilish muddati yarim yilga mo’ljallangan edi, biroq yozuv o’z joyida hali ham qolgan. 1949 yilda yozuv qayta ta’mirlandi va ohirgi to’rtta harflar olib tashlandi. O’sha vaqtlardayoq Hollywood Los-Andjeles va butun ko’ngilochar, sanoatlarning belgisiga aylanib ulgurgan edi. Yozuv haqida qayg’urishni Gollivud savdo palatasi o’z yelkasiga oldi. 1973 yilda yozuvni milliy tarixiy haykal deya e’tirof etishdi. O’sha yillarda Hayriya fondi boshqaruvchisi, “Playboy” jurnalining asoschisi Hyu Hefner yozuvning ta’mirlanishiga mablag’ ajratadi. 1978 yil noyabr oyida yangi 15 metr balandlikka va 12 metr kenglikka ega bo’lgan yozuv paydo bo’ldi. Har bir harfning tayyorlanishiga 27,5 ming dollar sarflangan. Shundan buyon barcha qayta tiklash ishlari hayriya fondlari yordami ostida bajariladigan bo’ldi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan