SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
Toshkent islom universitetining ochilish marosimi bo’lib o’tgan kun
1999-09-03

Toshkent islom universiteti (Abdulla Qodiriy, 11) – dunyoviy va diniy bilimlar bo’yicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti va yirik ilmiy markaz. 1999 yil 7 aprelda Toshkentda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan. Dinshunoslik, islomshunoslik, islom huquqi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, informatika va axborot texnologiyasi bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 2 fakultet iqtisod va tabiiy fanlar, 12 kafedra, ixtisoslashgan akademik litsey va maktab, axborot resurs markazi (32 mingga yaqin asar), manbalar xazinasi, islomshunoslik ilmiy tadqiqot markazi, “Sharqshunoslik fanlari” sohasi bo’yicha birlashgan ixtisoslashgan kengash, lingafon kabineti, arab tili markazi, Islom universitetini rivojlantirish jamg’armasi (1999) mavjud. Shuningdek, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari malakasini oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash fakul’teti, iqtisodiyot va ijtimoiy – gumanitar yo’nalishlardagi o’quv predmetlari asosida tayyorlov kurslari faoliyat ko’rsatadi. Islom universitetini rivojlantirish jamg’armasi qoshida “Ziyo” studiyasi, “Ziyo internet” provayderi, nashriyot-matbaa birlashmasi bor. Universitetda ma’naviyat – ma’rifat, iqtidorli talabalar bilan ishlash, xalqaro aloqalar, monitoring va ichki nazorat, marketing bo’limlari, axborot – texnik ta’minot markazi bor. 2007/2008 o’quv yili universitetda 516 talaba, 34 magistrant, 17 aspirant, 35 tadqiqotchi, 2 doktarant – tadqiqotchi tahsil oldi; 156 professor – o’qituvchi, jumladan 18 fan doktori va professor, 45 fan nomzodi va dotsent ishladi. “Toshkent islom universiteti” ilmiy – tahliliy axboroti (byulleten’) chop etiladi (2002 yildan). Universitet tashkil etilgandan beri 675 mutaxassis tayyorlandi.

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan