SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Turkiyshunos olim Borovkov Aleksandr tavallud topgan kun
1904-03-16

Borovkov Aleksandr Konstantinovich (1904.16.03, Toshkent-1962.15.11, hozirgi Sankt-Peterburg) — turkiyshunos olim. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a'zosi (1943). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1945), professor (1935). O'rta Osiyo davlat unverstetining sharqshunoslik fakultetini tamomlagan (1928). Moskvadagi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim, bo'lim mudiri, direktor o'rinbosari (1934-1938, 1945-1960), O'zbekistan Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida direktor o'rinbosari, ayni vaqtda Toshkent davlat pedagogika institutda o'zbek tili kafedrasi mudiri (1938-1945), Moskvadagi Tilshunoslik instituti Leningrad bo'limining direktori (1961 yildan). Borovkov Aleksandr Kirill grafikasi asosida o'zbek alifbosi imlosini ishlab chiqishda qatnashgan, turkiy xalqlarning etnografiyasi, folklori va tiliga oid ish tashkilotlarini olib borgan. O'zbek tili shevalarini o'rgangan. Borovkov Aleksandr eski o'zbek yodgorliklarining leksik-grammatik va til xususiyatlarini tadqiq etib, «Sharq tillari tarixi va grammatikasi masalalari» (1958), «O'zbek tilining grammatikasi qisqacha ocherklari» (1959), Ahmad Yassaviy «Hikmatlari» ning tili va Alisher Navoiy asarlarining til xususiyatlariga oid ilmiy asarlar yaratgan. «Badoe ul-lug'at» (1961), «12— 13-asr O'rta Osiyo tafsirining leksikasi» (1963)ni nashr ettirish bilan Borovkov Aleksandr eski o'zbek tilining mukammal lug'atini tuzishga asos soldi. Besh jildli «Ruscha-o'zbekcha lug'at» (1950—1955) va bir jildli «O'zbekcha-ruscha lug'at» (1959) ni tuzishda ishtirok etgan. Borovkov Aleksandr turkiy xalqlarning «Alpomish», «Manas», «Qo'blon», «Qo'zi Ko'resh va Bayan suluv» kabi eposlarini o'rganib, «O'rta Osiyo va Qozog'iston xalqlarining turkiy tillari eposini o'rganish masalalari» (1958), «Alpomish haqidagi qahramonlik poemasi» (1959) kabi ilmiy asarlar yaratgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan