SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Toshkentda “Turkiston” saroyining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tgan kun
1993-09-04

 “Turkiston” saroyi ( Navoiy ko’chasi, 2) – Mustaqillik maydoni shimolida Anhor bo’yidagi konsert zali binosi. Dastlab “Turkiston” kinokonsert zali deb nomlangan (1992, me’morlari Yu. Xaldeyev va F. Tursunov), keyinchalik yozgi teatr sahnasi (1993, me’mori V. Akoljanyan) da xalq an’anaviy bayramlari, teatrlashtirilgan tomoshalar o’tkazilishi munosabati bilan hozirgi nomi bilan yuritila boshlagan. Bino oldidagi keng sahnli maydoncha ko’kalamzorlashtirilgan. 3 pog’onali, marmar bilan qoplangan favvoralar ishlangan hamda humo qushi tasviri tushirilgan (rassom B. Jalolov eskizi) yodgorlik o’rnatilgan. “Turkiston” saroyiga zinapoyalar orqali ko’tariladi. Bosh tarzi muqarnas bezakli. Binoning pastki qavatida kassa, texnik xizmat xonalari joylashgan. Vestibyulga kiraverishda Turkistonning tarixiy shaharlari panoramasi havo rangda, ba’zi qismlari sariq rangda aks ettirilgan. Yirik-yirik qilib taxlangan qizil marmar tosh sirli sopol idishlar, o’simliklar bilan uyg’unlashtirilgan holda foyening chap qanotida dam olish burchagi tashkil qilingan. 2-qavat vestibyul’ yon oynasidan B. Jalolovning “Umar Xayyom tushlari” asari o’rin olgan. Tomosha zali muqarnaslar, ganchkori bezaklar, gumbaz va kundal naqshlar bilan pardozlangan. Yozgi teatr (3200 o’rinli) qadimiy teatr maydoniga xos uslubda qurilgan. Markaziy arena qurilmasi qiya tirgak va chambarak toj shaklida bo’lib, dorboz va kurashchilarning chiqishlari uchun, zamonaviy tomosha va konsertlar uchun moslashtirilgan. Yirik o’lchamli yorug’lik texnikasi va akustik jihozlar, maxsus me’moriy qurilmalar bilan jihozlangan. 200 o’rinli qahvaxonasi bor.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan